O'zbekiston

Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot taʼsis etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot taʼsis etiladi

“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot taʼsis etiladi.

 

Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Rejissyor – dramaturg – kompozitor – rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025 yildan har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.

 

Milliy akademik musiqa sanʼatini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi.

 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.

 

Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etiladi.

 

2025 yildan har 2 yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha “Eng yaxshi pyesalar” tanlovi tashkil etiladi. O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot taʼsis etiladi | Zamon.uz