O'zbekiston

Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbarini qabul qildi

Muloqotda MAGATE bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston 1994 yildan buyon XAEA aʼzosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik ko‘magini jalb etgan holda 40 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari XAEA delegatsiyasi bugun O‘zbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida o‘tkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi. 5 dekabr kuni Samarqand shahrida sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya birgalikda tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xo‘jaligi, suvdan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

 

Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbarini qabul qildi | Zamon.uz