O'zbekiston

Rubob yasash butunjahon madaniy merosi deb eʼtirof etildi

YUNESKO ro‘yxatiga kirgan O‘zbekistonga oid nomoddiy meros elementlari soni 16 taga yetdi.

Rubob yasash butunjahon madaniy merosi deb eʼtirof etildi

Joriy yilning 2-7 dekabr kunlari Paragvay poytaxtida YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

4 dekabr kuni Hukumatlararo qo‘mita yig‘ilishida O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlari bilan birgalikda “Rubob yasash va chalish sanʼati” nominatsiyasi barcha aʼzo mamlakatlarning bir ovozdan roziligi bilan Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

 

Qo‘mita qarorida rubob Markaziy, Janubiy va Janubiy-G‘arbiy Osiyodagi eng qadimiy cholg‘u asboblaridan biri ekanligi qayd etilgan.

 

Shuningdek, rubob Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarini birlashtiruvchi omil ekanligi taʼkidlandi. U madaniy va ijtimoiy hamjihatlikni rag‘batlantiradi va madaniy almashinuv hamda birdamlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

 

Bu sanʼat turining ham sifatli taʼlim, gender tengligi, inklyuziv iqtisodiy va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishi mamnuniyat bilan qabul qilindi.

 

Qo‘mita tashabbuskor mamlakatlarda rubob yasash va chalish sanʼatini milliy va xalqaro asrab-avaylash, targ‘ib qilish va yana-da ommalashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan hamda rejalashtirilgan amaliy chora-tadbirlarni yuqori baholagan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.