Toshkentda BYD va Damas avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Hodisa 4 dekabr kuni soat 18:30 larda Uchtepa tumani Katta Xirmontepa - Lutfiy ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Unda 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.Z. boshqaruvidagi BYD hamda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi X.S. boshqaruvida bo‘lgan Damas avtotransport vositalari to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuv natijasida Damas haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton sim yog‘ochga urilgan.
YTH natijasida jarohatlanganlar yo‘q. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







