O'zbekiston

Energetika sohasida Xitoy bilan qo‘shma korxona tashkil etiladi

Toshkentda loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Energetika sohasida Xitoy bilan qo‘shma korxona tashkil etiladi

“O‘zenergoinjiniring” AJ va China Energy Power Planning and Engineering Institute (EPPEI) poytaxtimizda ushbu qo‘shma korxona faoliyatini boshlashi munosabati bilan taqdimot marosimini o‘tkazdi, unda vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro hamda mahalliy hamkorlar ishtirok etishdi.

 

Bugun yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, olib borilayotgan chora-tadbirlar mamlakat aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash, uni narx jihatidan ham maqbullashtirish, shuningdek, qazilma yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish maqsadlariga qaratilgan. Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston QTEM joriy etish sohasida hattoki rivojlangan mamlakatlardan ham ilg‘or natijalarga erishmoqda.

 

Bundan tashqari, mamlakatda energetika sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, bu energiya tizimining samaradorligini, ishonchliligini va hamyonbopligini taʼminlashga qaratilgan. Ushbu jarayonlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston xalqaro tajribani o‘rganib, uni samarali tarzda tatbiq etishni maqsad qilgan.

 

Bu borada yetakchi davlatlardan biri Xitoy hisoblanadi. Xitoy qayta tiklanuvchi energiya manbalari va raqamli texnologiyalarni joriy etishda jahon miqyosida katta yutuqlarga erishgan, uning tajribasi ko‘plab mamlakatlar uchun namunadir.

 

Xitoyning ushbu sohadagi yirik muhandislik markazlaridan biri China Energy Power Planning and Engineering Institute (EPPEI) bo‘lib, u Xitoy energetika tizimini rivojlantirish, QTEMni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha davlat strategiyalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, EPPEI Malayziya, Braziliya, Filippin, Laos, Mo‘g‘uliston va boshqa mamlakatlarda ham samarali tajribaga ega.

 

Xalqaro ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda tatbiq etish maqsadida EPPEI va “O‘zenergoinjiniring” AJ o‘rtasida Silk Road Energy Planning and Engineering qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Ushbu korxona O‘zbekiston hukumati uchun jahon standartlariga mos energetika rivojlanish strategiya va rejalarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatadi. Bunda, QTEM (quyosh, shamol) energiya saqlash qurilmalari, anʼanaviy energiya manbalari (issiqlik, gidro) quvvatlari va turlarini aholi va iqtisodiyot ehtiyojlari, elektr tarmoqlari imkoniyatlari, hamda tabiiy va boshqa resurslarni hisobga olgan holda  xalqaro amaliyot va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib aniqlashga ko‘maklashadi. Shuningdek, qo‘shma korxona elektr tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlarida ham faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

 

Yurtboshimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalardan biri bu – mahalliy ishlab chiqarish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega xizmatlar darajasini oshirishdir. Silk Road Energy Planning and Engineering qo‘shma korxonasi bu yo‘nalishda mahalliy mutaxassislarning malakasini xalqaro darajaga ko‘tarish, investitsion loyihalarda mahalliy mutaxassislar ishtirokini kengaytirishni maqsad qilgan. Bunday yondashuv orqali qo‘shma korxona O‘zbekistondagi investitsion loyihalar qiymatini kamaytirish va O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqchi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Energetika sohasida Xitoy bilan qo‘shma korxona tashkil etiladi | Zamon.uz