Navoiyda sifatsiz qurilayotgan bog‘cha buzib tashlandi
Bu haqida Qurilish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Karmana tumanida qurilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining ikkinchi qavati «g» o‘qining uchinchi hamda to‘rtinchi qatorlaridagi g‘isht terish ishlari va beton o‘zaklar sifatsiz, loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlangan.
Mazkur qoidabuzarliklar sabab inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatildi hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida buzdirildi.







