O'zbekiston

Farg‘onada qoramollar orasida kasallik tarqalgani aytildi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Farg‘onada qoramollar orasida kasallik tarqalgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona viloyati Rishton tumanida qoramollar nomaʼlum kasallikdan qirilib ketmoqda” mazmunida turli xil xabarlar tarqalmoqda.

 

Holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

 

Aniqlanishicha, Rishton tumani “Mevazor” mahalla fuqarolari yig‘inida shu yilning noyabr oyida qoramolning tana harorati ko‘tarilishi, terida toshma paydo bo‘lishi va oqsoqlanish kabi klinik belgilar bilan murojaat kelib tushgan.

 

Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilganida qoramollar noto‘g‘ri oziqlantirilishi, molxonalarning zooveterinariya meʼyorlariga to‘g‘ri kelmasligi, shuningdek mollarning bir-biriga shikast yetkazganligi aniqlangan.

 

Mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilib, zarur muolajalar amalga oshirilgan.

 

Lekin, bir holatda hayvon egasining juda kech murojaat qilganligi, boz ustiga tayinlangan veterinariya muolajalarini o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi tufayli bir bosh mol nobud bo‘lgan.

 

O‘rganishlar davomida mahalladagi mavjud 2000 boshga yaqin qoramol turli kasalliklarga o‘z vaqtida emlanganligi, hech qanday yuqumli kasalliklar xavfi yo‘qligi, nafaqat Rishton tumani, balki Farg‘ona viloyati hududida epizootik vaziyat barqaror ekanligi aniqlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada qoramollar orasida kasallik tarqalgani aytildi | Zamon.uz