O'zbekiston

Suriya o‘zining to‘rtinchi yirik shahridan ayrildi

Ayni paytda Damashqning shimoliga hujum davom etmoqda.

Suriya o‘zining to‘rtinchi yirik shahridan ayrildi

Suriyaning Daraa shahri jangsiz egallandi. Hukumat qo‘shinlari Damashq yo‘nalishiga xavfsiz chiqib ketishi sharti bilan, taslim bo‘lishdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

 

Iordaniya chegarasidagi ushbu shaharnining qo‘lga kiritilishi bilan, Asad rejimiga qarshi muxolifat kuchlarining hujumi yangi yo‘nalish – janubdan boshlandi. Aytish joizki, 2011 yilda aynan Daraa viloyatida boshlangan ommaviy tartibsizliklar keyinchalik butun mamlakat bo‘ylab yoyilgan fuqarolar urushiga aylangan edi.

 

Suriya hukumati shahardan chekinganini tasdiqlab, “qayta joylashuv” amalga oshirilganini va Daraa hamda unga qo‘shni As-Suvayda viloyatlarida “ishonchli mudofaa chizig‘i” o‘rnatilganini maʼlum qildi.

 

Suriya armiyasi bundan avval shimolda Halab va Hama, sharqda esa Dayr-az-Zor shaharlarini yo‘qotgan edi. Shuningdek, hozirda qurolli guruhlar Damashqning shimolidagi muhim shahar — Homsga hujumni davom ettirmoqda.

 

Reuters xabariga ko‘ra, Suriya armiyasi hozircha Homsdan siqib chiqarilmagan va bu hududga Asadga ittifoqchi bo‘lgan “Hizbulloh” kuchlari jalb qilinmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Suriya o‘zining to‘rtinchi yirik shahridan ayrildi | Zamon.uz