Toshkentda avtobus ikkita mashina bilan to‘qnashdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Hodisa bugun, 8 dekabr kuni Yunusobod tumani, Bobodehqon ko‘chasida yuz bergan. Unda 2002 yilda tug‘ilgan T.R. boshqaruvidagi Tracker-2, 1965 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Matiz hamda 1966 yilda tug‘ilgan X.Sh. boshqaruvidagi YUTONG rusumli avtobusi o‘zaro to‘qnashgan.
YTH natijasida Tracker-2 rusumli avtomashina haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







