0

Qashqadaryoda er xotinini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib, otib qo‘ydi

Sud unga bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Qashqadaryoda er xotinini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib, otib qo‘ydi

 

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mast erkak uyida xotini bilan janjallashib qolgan va uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uyida turgan ov miltig‘ini olib chiqib, undan qochib ketayotgan xotini tomonga o‘q uzadi.

 

Sochma o‘q ayolning orqa tomoni va son qismiga tegib jarohatlaydi. Yengil tan jarohati olgan ayol Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Qashqadaryo filialiga yotqiziladi. Fuqaroning o‘zi esa IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

 

Sud majlisida erkak aybiga qisman iqrorligini, aslida xotinini jarohatlash niyati bo‘lmaganini, uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida quroldan yerga qarata o‘q uzganini aytgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisida erkak Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Sud unga bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"