Jahon

Qirg‘izistonda “Sukunat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi

Bu fuqarolar salomatligini tovush bosimi va shovqinning ruxsat etilgan darajadan oshib ketishining zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

Qirg‘izistonda “Sukunat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Sukunat to‘g‘risida”gi Qirg‘iziston Respublikasi qonunini imzoladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun fuqarolar salomatligini tovush bosimi va shovqinning ruxsat etilgan darajadan oshib ketishining zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

 

“Mazkur qonun ushbu qonunning 1-moddasi 1-qismiga muvofiq aholining sukunat va dam olish vaqtini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi”, - deyiladi xabarda.

 

Shunday qilib, ushbu qonunga muvofiq, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini buzishdan muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan ob’yektlar (binolar) va hududlar ro‘yxati ishlab chiqiladi, belgilangan tovush bosimi va shovqin darajasidan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqt jadvali (ish kunlari – 22:00 dan 07:00 gacha, dam olish va bayram kunlari – 22:00 dan 09:00 gacha) joriy etiladi.

 

Qolaversa, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini buzadigan xatti-harakatlar:

– televizorlar, radiopriyomniklar va boshqa tovushni qayta ishlab chiqaruvchi qurilmalardan, shuningdek, tovush bosimi va shovqinning ruxsat etilgan darajadan oshib ketadigan, shu jumladan avtotransport vositalarida, savdo-sotiq ob’yektlarida, ko‘ngilochar maskanlarda hamda umumiy ovqatlanish binolarida o‘rnatilgan tovushni kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanish;

– musiqa asboblarini chalish, hushtak chalish, qo‘shiq aytish, shuningdek tovush bosimi va shovqinning ruxsat etilgan darajadan oshib ketadigan tovushlar bilan birga keladigan boshqa harakatlar;

– qoidabuzarlar tomonidan ishga tushirilgan qo‘riqlash signalizatsiyasining ovozli signallarini, avtotransport signalizatsiyasini o‘chirish choralarini o‘z vaqtida ko‘rmaslik, ovozli signallardan zaruratsiz foydalanish yoki transport vositasidan foydalangan holda boshqa shovqin effektini yaratish, dam olish vaqtida sukunatning buzilishiga olib keladi;

– pirotexnika vositalaridan foydalanish;

– ta’mirlash, tushirish, tozalash va boshqa turdagi ishlarni bajarish, odamlarning dam olish vaqtida tichlikning buzilishiga olib keladigan mexanik vositalar va texnik vositalarni ishlatish;

– belgilangan vaqtda qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan hududlar va binolarda fuqarolar tinchligi va osoyishtaligi buzilishiga olib kelgan boshqa harakatlar to‘liq taqiqlanadi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"