O‘zbekistonda futbolchilar uchun eng kam oylik belgilandi
Mazkur masalada yakdil qaror qabul qilindi.

Yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Professional futbol ligasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) 5 barobaridan kam shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazmasligini maʼlum qildi.
Kelgusida PFL, O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur masalada yakdil qaror qabul qiladi.
Maʼlumot uchun bugungi kunda MHTEKM 1 mln. 155 ming so‘m. Shunga ko‘ra, futbolchining oylik maoshi 5 mln. 775 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.







