O'zbekiston

Prezident Toshkent viloyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Unda viloyatda ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Toshkent viloyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni Toshkent viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Toshkent viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar, turizm, umuman, barcha sohalarda juda katta imkoniyatlar bor. So‘nggi yetti yilda hudud iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sgan. Sanoat korxonalari 2 barobar ko‘payib, 12 mingtaga yetgan.

 

Lekin imkoniyatlar bundan ancha ko‘p, ular to‘la ishga solinmayapti. Masalan, viloyatdagi jami yerlarning bor-yo‘g‘i 25 foizidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Har gektarga to‘g‘ri keladigan daromad ham boshqa joylarga nisbatan kam. Bekobod va Ohangaron shaharlari, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Piskent tumanlarida qayta ishlash darajasi juda past. Oziq-ovqat xavfsizligi, meva-sabzavotlar eksporti ham imkoniyatga yarasha emas.

 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish choralari belgilandi. Unga ko‘ra, har bir klaster, fermer va dehqon xo‘jaligi maydonidagi ekinlar, mahsulot hajmi, ishchilari soni, soliq tushumi kabi maʼlumotlar “Agroplatforma” axborot tizimiga kiritiladi. Kelgusi yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 7 ta tumanda 52 ming gektarda 3 marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi. 5 ming gektarda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar tashkil qilinadi.

 

Umuman, 22 ta tuman-shahardagi yerlar qayta ishlovchi va eksportchi korxonaga bog‘lanadi. Bu orqali kelasi yil 3,5 million tonna meva-sabzavot yetishtirib, 500 million dollar eksport qilish mumkinligi aytildi.

 

Toshkent viloyatining infratuzilmasi, logistikasi tadbirkorlik uchun juda qulay. Lekin ishlab chiqarish, savdo va xizmatlar umumiy maydoni uch yilda bor-yo‘g‘i 1,6 million kvadrat metrga oshgan, bu poytaxtdan 3,5 barobar kam. Investitsiyaviy loyihalar uchun toifasi o‘zgartirilgan 9 ming gektar yerning 2 ming gektaridan foydalanilmayapti. Bo‘sh turgan davlat inshootlari ham bor.

 

Holbuki, investorlar bu hududda “aqlli shahar”, tibbiyot klasteri, yashil energetika stansiyasi qurish tashabbusini bildirgan. Vodiylik va poytaxtlik minglab tadbirkorlar ham biznesini kengaytirish, yangi korxona, mehmonxona, savdo va turizm majmualari qurish uchun joy izlab yuribdi.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va viloyat mutasaddilariga bu boradagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi. Bino va yerlarni tadbirkorlarga qulay shartda auksionga chiqarish, ularning negizida investitsiya, ish o‘rni va eksportni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Toshkent viloyati hokimi kelgusi yil 5 milliard dollar investitsiya jalb etish hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi. Davlatimiz rahbari uning tarkibiga eʼtibor qaratib, kutilayotgan investitsiyaning yarmi shundog‘am rivojlangan Olmaliq, Angren, Chirchiq shaharlari, Ohangaron, Zangiota va Qibray tumanlariga to‘g‘ri kelishini qayd etdi. Shu bois sanoat va xizmatlar nisbatan orqada bo‘lgan Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Parkent, Piskent, Quyi Chirchiq va Chinozda qo‘shimcha loyihalar qilib, ish o‘rinlari ochish zarurligi taʼkidlandi.

 

Toshkent viloyatidagi imkoniyatlar hisobiga barcha aholini daromadli qilish mumkinligi aytildi. Kelgusi yilda viloyatda 700 ming odamning bandligini taʼminlab, ishsizlikni tabiiy darajasigacha tushirish, 22 ming oilani daromadli qilib, kambag‘allikni hozirgi 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish, mehnat migrantlarini yurtimizga qaytarib, ishga joylashtirish vazifa qilib olindi.

 

Prezidentimiz yig‘ilishda qatnashgan viloyat tadbirkorlari bilan ham muloqot qildi. Ularning taklif va tashabbuslariga alohida eʼtibor qaratib, bu borada mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

custom img

O‘zbekistonda 21 yoshdan nikoh tuzganlar moliyaviy rag‘batlantiriladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun “SOS” tizimi joriy etish, pedofillar uchun jazoni kuchaytirish hamda erta nikohlarning oldini olish choralarini kuchaytirish taklif qilindi.

custom img

Xorazmda joriy yilda kambagʻallik darajasi 3 foizgacha qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijadorligi hamda kelgusi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

custom img

Президент Шавкат Мирзиёев бир гуруҳ хотин-қизларни давлат мукофотлари билан тақдирлади

Мукофотланганлар орасида маданият, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт ва жамият ривожига ҳисса қўшган етакчи мутахассислар бор.

custom img

Oʻzbekistonda bank ilovalarida pul oʻtkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talab etiladi

Yangi tartibga ko‘ra, foydalanuvchilar pul yuborishda 16 ta toifadan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

custom img

Toshkentda IIBBning 2 tezkor xodimi qamoqqa olindi

Ular fuqaroni jinoyiy javobgarlikdan qutqarish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilgan.

custom img

Buxoroda terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan ota va o'g'il aniqlandi

O‘g‘il Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” safiga qo‘shilgan, internet va kriptovalyuta orqali pullar yig‘gan.

custom img

Oʻzbekiston Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Eron, Quvayt va Isroilga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Hozirda joriy yilning 28-fevraligacha ketgan yo‘lovchilarni qaytarish ishlari davom etmoqda.

custom img

Prezident huzurida qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish va zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi

Davlat rahbari O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini yanada rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Prezident Toshkent viloyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi