Toshkentda somsaxona yonib ketdi
Poytaxt FVB Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 9 dekabr kuni soat 20:03 da Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasida joylashgan somsaxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 20:07 da yetib borib, yong‘in soat 20:20 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
"Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda", — deyiladi xabarda.







