Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 5 ta yangi IES ishga tushiriladi

Xorijiy kompaniyalar bilan imzolangan bitimlarga asosan, IESlar 2027 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda 5 ta yangi IES ishga tushiriladi

Energetika vaziri matbuot kotibining qayd etishicha, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qoplash, aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida yangi issiqlik elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan jami 12 ta bitim imzolandi.

 

Ushbu bitimlarga asosan, 2027 yil yakuniga qadar O‘zbekistonda umumiy quvvati 7 057 MVtga teng bo‘lgan 12 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

 

Mazkur investitsiya loyihalari xalqaro tajribaga ega Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya, Qatar va Turkiya davlatlarining kompaniyalari tomonidan umumiy qiymati 4 mlrd 860 million AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda.

 

Olib borilgan ishlar natijasida 2022 yilda Buxoro, Toshkent, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 374 MVt bo‘lgan 6 ta, 2023—2024 yillarda Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumani hududlarida quvvati 1 500 MVt bo‘lgan bitta issiqlik elektr stansiyasi, jami 2 874 MVt yangi quvvatlar ishga tushirildi.

 

Xorijiy kompaniyalar bilan imzolangan bitimlarga asosan, 2027 yilga qadar umumiy quvvati 4 183 MVt bo‘lgan yana 5 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 

 

Xususan:

 

  • 2024 yilda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400 MVt; 

 

  • Toshkent shahridagi 4-issiqlik markazida quvvati 100 MVt;

 

  • 2025—2026 yillar mobaynida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1 573 MVt;

 

  • 2027 yilda Surxondaryo viloyati Angor tumanida quvvati 1 560 MVt va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida quvvati 550 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

O‘zbekistonda 5 ta yangi IES ishga tushiriladi | Zamon.uz