O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi

Muloqotda xalqaro kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

 

Rossiya Prezidentining joriy yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi" asosida amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Kuni kecha Moskva shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikki tomonlama muzokaralarning natijalari yuqori baholandi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sishini taʼminlash, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon tashkilotlari darajasida faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish muhimligi taʼkidlandi.

 

Innovatsiyalar, sunʼiy intellekt, taʼlim va tibbiyot sohalarida hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Noyabr oyida Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

Xalqaro kun tartibidagi masalalar hamda joriy yil dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan mintaqaviy tashkilotlardagi ko‘p tomonlama hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi | Zamon.uz