Abdulaziz Komilov "Hurmatli el yoshullisi" unvoni bilan taqdirlandi
Turkmaniston prezidenti Abdulaziz Komilovni Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun taqdirladi.

Turkmaniston prezidenti farmonida Komilovning milliy anʼanalarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida qayd etilgan.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, ayni paytda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilovni Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun taqdirladi.
TDH xabariga ko‘ra, unga "Hurmatli el yoshullisi" ("Hormatly il ýaşulusy") unvoni topshirildi.
Prezident farmonida Komilovning milliy anʼanalarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida qayd etilgan. Shuningdek, shoir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan Komilov «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» yubiley medali va yodgorlik belgilari bilan taqdirlandi.







