Iqtisodiyot

Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin

Shuningdek, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga o‘zlari yasagan zargarlik buyumlarining xomaki mahsulotlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqi berilmoqda.

Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin

Ushbu qonun loyihasida ayrim qonun hujjatlariga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabini qondirish, ularning rivoji uchun qulay biznes muhitini yaratish va qonunchilikda mavjud bo‘lgan byurokratik to‘siqlarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

 

Loyiha bilan 2027 yil 1 sentyabrga qadar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish belgilanmoqda.

 

Affinaj korxonalariga (tarkibida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bo‘lgan xom ashyo bilan ishlash faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi korxonalar) qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shakl va miqdorlarga keltirgan holda sotish hamda qimmatbaho metallardan suvenir tangalar tayyorlash va realizatsiya qilish huquqini berish nazarda tutilyapti.

 

Yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni va zargarlik buyumlarini sotib olish faoliyati vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirishi belgilanmoqda.

 

Shu bilan birga, qonun loyihasi bilan xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni bojxona to‘lovlari to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotuvga qo‘yish hamda chakana savdoda realizatsiya qilish taqiqlanmoqda.

 

Qonun loyihasining qabul qilinishi respublikada zargarlik sanoatini rivojlantirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni yana-da qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Sohaning eksport salohiyatini oshirish, aholining sifatli zargarlik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.