O'zbekiston

Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti bo‘ldi

Faxriy unvon Sadir Japarov tomonidan topshirildi.

Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirladi.

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni qabul qildi.

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov  Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim bo‘g‘in bo‘lib, mushtarak tarix, til, madaniyat va anʼanalar bilan bog‘langanini alohida taʼkidladi.

 

– Xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari birlashtirib turadi. 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi va bu hamkorlikni mustahkamlashda madaniyat muhim o‘rin tutadi”, — dedi Sadir Japarov.

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida toshkent va Buxoro shaharlarida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari o‘tkazilganini, unda qirg‘iz-o‘zbek do‘stligiga bag‘ishlangan gala-konsert, ko‘rgazmalar, kinofilmlar namoyish etilganini esladi.

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 2025 yilda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki xalqning yana-da yaqinlashishida muhim voqea bo‘lishiga ishonch bildirdi.

 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangani bilan tabriklab, uning mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini taʼkidladi.

 

– Ijodiy yo‘lingiz ko‘pchilikni ilhomlantiradi. 15 dekabr kuni To‘qto‘g‘ul Satilganov nomidagi Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida bo‘lib o‘tadigan sizlar ishtirokidagi musiqiy kecha umumiy madaniy hamjihatligimizning yana bir yorqin namunasi bo‘ladi, — dedi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov.

 

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, o‘z navbatida, uning faoliyatiga berilgan sharaf va yuksak baho uchun samimiy minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini alohida taʼkidladi.

 

Vazir Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik tarixidagi muhim voqea bo‘lganini taʼkidladi. Ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlar rivojida yangi sahifa ochdi.

 

– O‘zbekistonda qirg‘iz xalqining buyuk yozuvchisi, madaniy timsoli, O‘zbekistonning suyukli yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilayotganidan xursand, – dedi Ozodbek Nazarbekov.

 

Shuningdek, vazir Ozodbek Nazarbekov ayni damda O‘zbekistonning yetakchi teatrlari qirg‘izistonlik hamkasblari bilan birgalikda ikki xalq o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik timsoliga aylanadigan qo‘shma teatr loyihasini yaratish ustida faol ish olib borayotganini taʼkidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.