O'zbekiston

Surxondaryoda baliqchilik festivali o‘tkaziladi

U dekabr oyi oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Surxondaryoda baliqchilik festivali o‘tkaziladi

Joriy yilning 21-dekabr kuni Sariosiyo tumanining Sebzor mahallasida “To‘palang fish” deb nomlangan baliqchilik festivali bo‘lib o‘tadi.

 

Surxondaryo viloyatida ilk marta o‘tkazilayotgan festival tarmoqni yana-da rivojlantirib, gastronomik turizmning mazkur yo‘nalishiga sayyohlar oqimini keng jalb etishga, xalqimiz azaldan luqmai halol, deb eʼzozlaydigan baliq yetishtirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladi.  

 

Sariosiyo tumanida baliqchilikni yetakchi tarmoqlardan biriga aylantirish rejalashtirilgan. Tog‘ irmoqlaridan hosil bo‘lgan “To‘palang” daryosi o‘zining noyob forel baliqlari bilan tanilgan.  

 

Viloyat hokimligi va turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan festivalga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Mohir baliqchilar, oshpazlar o‘z mahoratini keng namoyish etishi uchun Termiz shahri va tumanlar pavilonlari barpo etilib, tadbir ishtirokchilariga zarur sharoit yaratilmoqda.  

 

Festival dasturidan baliqdan tayyorlangan turli taomlar namoyishi, viloyatdagi o‘rmon xo‘jaliklari, tabiat bog‘lari va suv omborlarining baliqchilik ko‘rgazmalari, savdo yarmarkalari o‘rin olgan. Shuningdek, “Eng yaxshi oshpaz”, “Eng shirin baliqli taom” kabi yo‘nalishlarda tanlov tashkil etilib, g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.  

 

Festival sanʼatkorlarning qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryoda baliqchilik festivali o‘tkaziladi | Zamon.uz