O'zbekiston

Beruniyning XII asrga oid qo‘lyozmasi topildi

U qayerda va kim tomonidan ko‘chirilgani hozircha nomaʼlum.

Beruniyning XII asrga oid qo‘lyozmasi topildi

Malayziyadagi Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti xuzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan Abu Rayhon Beruniyning “At-Tafhim” asarining to‘qqiz asrlik va Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma” asarining salkam olti asrlik qo‘lyozmalari topildi.

 

Bu haqida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “Rossiya - Islom olami” strategik qarashlar guruhi tashabbusi bilan “Shakllanayotgan ko‘pqutblilik davrida Rossiya va Islom olami munosabatlari” mavzusida xalqaro anjumanda ishtirok etib qaytgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktor o‘rinbosari Firdavs Halimov maʼlum qildi.

 

— Biz O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev bilan Kuala-Lumpurdagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasiga bordik, — deydi Firdavs Halimov. — Bu yerda bevosita O‘zbekiston madaniy merosiga oid qo‘lyozmalar ham borligiga amin bo‘ldik. Qo‘lyozmalardan biri bu alloma Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub bo‘lgan “At-Tafhim” asaridir. Fors tilidagi, samo jismlarini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan bu asar 1197 yilda ko‘chirilgan.

 

Ikkinchi qo‘lyozma Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarining o‘rta asrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozmasidir. Qo‘lyozma nastaʼliq xatida temuriylar kitobat sanʼatiga xos uslubda ko‘chirilgan bo‘lib, undan 29 ta miniatyura o‘rin olgan. Ushbu miniatyuralarda Kamoliddin Behzod maktabiga xos unsurlar ko‘zga tashlanadi.

 

Mazkur qo‘lyozmalar qayerda va kim tomonidan ko‘chirilgani hozircha nomaʼlum. Maʼlum qilinishicha, ular o‘n yilcha ilgari Niderlandiyada o‘tkazilgan auksion savdosi orqali sotib olinib Malayziyaga keltirilgan.

 

Kutubxona rahbariyati mazkur qo‘lyozmalarning nusxalarini O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga fondiga topshirishlarini maʼlum qilishdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Beruniyning XII asrga oid qo‘lyozmasi topildi | Zamon.uz