Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib keta boshladi
Mutaxassislar sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini eʼlon qildi.

Rossiyaning yuk tashuvchi samolyotlaridan biri Latakiyadagi Xmeymim aviabazasidan Liviyaga ko‘tarildi. Yaqin orada Xmeymim aviabazasidan yana bir qancha rus samolyotlari chiqib ketadi.
Avvalroq Xmeymim aviabazasiga ikkita An-124 yuk samolyoti, uchta Il-76 transport samolyoti, shuningdek, kichikroq yuk samolyotlari - uchta An-32 va bitta An-72 yetib kelgan.
Sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarida rossiyalik harbiylar Ka-52 hujum vertolyotini demontaj qilayotgani va uni yuklashga tayyorlayotgani aks etgan.







