O'zbekiston

Toshkentda yangi kogeneratsiya qurilmasi ishga tushirildi

Bu haqida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xabar berdi.

Toshkentda yangi kogeneratsiya qurilmasi ishga tushirildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumani “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida investitsiya loyihasi asosida Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi, zamonaviy hamda energotejamkor kogeneratsiya qurilmasi bunyod etildi. Qurilma ishiga kecha, “Congress Hall” majmuasida Prezidentimiz ishtirokida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida  start berildi.

 

Shunga ko‘ra, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 1,2 MVt, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvati 6,4 Gkalga teng bo‘lgan yangi qurilma poytaxtimizning Olmazor tumani “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida qad rostladi.

 

 

Umumiy maydoni 0,16 gektarni tashkil qiluvchi zamonaviy energoinshootning umumiy loyiha qiymati 3,6 mln AQSH dollariga teng, u “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Uning foydali ish koeffitsiyenti 80 foizdan yuqorini tashkil etadi.

 

Loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 8 mln. kVt·soat elektr energiyasi hamda 52 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha asosida rivojlangan davlatlarning eng zamonaviy va yuqori tejamkor texnologiyalari o‘rnatilishi hisobiga yiliga 0,7 mln. kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinadi, atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar hajmi 67 foizga kamayadi. Loyihaga ko‘ra, 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

 

Bu yerda Germaniyadan keltirilgan gaz-porshen qurilmasi hamda ikkita “Bosch” qozonlari o‘rnatildi. Zamonaviy usulda qurilgan energoqurilmada ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi aholi xonadonlariga yopiq tizim orqali yetkazib berilishi tufayli yo‘qotishlar umuman kuzatilmaydi. Qurilma ishga tushirilishi natijasida, hududdagi 18 ta ko‘p qavatli uy, 1 ta maktab, 1 ta ijtimoiy soha obyekti va mingdan ortiq aholi xonadonlari barqaror ravishda issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda yangi kogeneratsiya qurilmasi ishga tushirildi | Zamon.uz