O'zbekiston

Sergelidagi “novostroyka”da aholi gazsiz yashayotgani aytilmoqda

Holat yuzasidan Qurilish vazirligi maʼlumot berdi.

Sergelidagi “novostroyka”da aholi gazsiz yashayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli turarjoyda aholi 5 yildan beri gazsiz yashayotgani aytilgan video tarqaldi.

 

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Yangihayot tumani Yo‘ldosh-6 mavzesidagi ushbu turar joy MCHJga tegishli bo‘lib, obyektda qurilish-montaj ishlari Hukumatning tegishli qarori asosida inspeksiyani xabardor etmagan holda o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan MCHJga nisbatan 2021 yil 7 iyul kuni yozma ko‘rsatma berilgan. Biroq belgilangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagach, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi sababli MCHJ rahbariga sud organlari tomonidan jazo chorasi bilan bog‘liq qaror chiqarilgan. Xususan, mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga xatlar jo‘natilgan.

 

Shuningdek, 2024 yilning 2 iyulida ushbu obyektga tekshiruv o‘tkazish maqsadida chiqilganida qurilish ishlari to‘xtatilganligi aniqlangan va qurilishga javobgar mansabdor shaxslar joyiga yetib kelmaganligi sababli xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.

 

2024 yil 5 noyabrda yana monitoring o‘tkazilgan hamda holat yuzasidan MCHJga yozma ko‘rsatma yuborilgan. Hozirgi kunda inspeksiya mazkur holat bo‘yicha sud organlariga tegishli tartibda chora ko‘rilishi yuzasidan daʼvo arizasi kiritmoqda.

 

“Quruvchi tashkilot va fuqarolar (subinvestor) o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish hududiy inspeksiya vakolatiga kirmaydi va mazkur qurilish obyekti inspeksiya ro‘yxatidan o‘tmaganligi sababli uyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berilishi tadbirkor MCHJning majburiyatidir”, deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sergelidagi “novostroyka”da aholi gazsiz yashayotgani aytilmoqda | Zamon.uz