Toshkent viloyatida poyezd “Damas”ni urib yubordi
Hodisa Dalaguzar — Nazarbek temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 15 dekabr kuni sodir bo‘ldi. “Damas” haydovchisi taqiqlovchi belgilarga eʼtibor bermay, noqulay ob-havo sharoitida temiryo‘lni kesib o‘tishga harakat qilganida avtomashina temiryo‘llarga tiqilib qolgan.
“Damas” egasi va boshqa avtomashinalar haydovchilari bilan birgalikda mashinani surishga harakat qilgan, ammo buning iloji bo‘lmagan.
Yuk poyezdi mashinisti relsda tiqilib qolgan mashinani ko‘rib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirgan. Biroq yuk poyezdining 800 metrdan 1000 metrgacha bo‘lgan tormoz masofasi hisobga olinsa, to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.







