Jahon

Moskvada harbiy mulozim portlatib o‘ldirildi

Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Moskvada harbiy mulozim portlatib o‘ldirildi

Moskvada Rossiyaning Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov portlash oqibatida halok bo‘ldi. General bilan birga uning yordamchisi ham halok bo‘lgani aytilmoqda.

 

Marhumlarning shaxsi dastlab rasman tasdiqlanmagan, faqat 2 kishining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan. Biroq keyinchalik bu maʼlumot Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan rasman tasdiqlandi. 

 

Rossiya telegram-kanallarida tarqatilgan maʼlumotlarga qaraganda, general va uning yordamchisi tonggi soat 6 larda,  Moskva sharqidagi Ryazan prospektidagi ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida avvaldan o‘rnatilgan bombaning portlashi oqibatida halok bo‘lishgan. Voqea joyida tezkor xizmatlar ishlamoqda. 

 

Maʼlumot uchun, Rossiya Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari - yadroviy, kimyoviy va biologik zararlanish vaziyatlarida faoliyat yuritadi.

custom img

Zelenskiy va uning oilasiga umrbod davlat himoyasi berilishi taklif qilindi

Hujjatga ko‘ra, harbiy holat davrida faoliyat yuritgan ayrim yuqori martabali mansabdor shaxslarga ham davlat himoyasi berilishi mumkin.

custom img

Muzokara boʻlishi uchun Eron kemalarga hujum qilmasin — AQSh

Yaqin Sharqda AQSH va Isroilning Eronga qarshi boshlagan urushi olti oydan oshdi. Biroq mojaro hali ham yakunlanmagan va uning ko‘lami yangi yo‘nalishlar bilan kengayib bormoqda. Tomonlar o‘rtasida harbiy zarbalar davom etayotgan bir paytda, muzokaralar, iqtisodiy bosim va Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat masalalari ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

custom img

Koreyada ish joyini o‘zgartirish uchun Migratsiya agentligi roziligi talab etilmaydi

E-9 vizasi bilan ishlayotgan fuqarolar uchun ish joyini o‘zgartirishdagi ayrim ma’muriy cheklovlar olib tashlandi.

custom img

Nepalda suv toshqinlari oqibatida yetkazilgan zarar 2,56 mlrd dollardan oshdi

Zarar miqdoriga uy-joylar, mulk va infratuzilma obyektlarining vayron bo‘lishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar kiritilgan.

custom img

FIFA va UEFА o‘rtasida Infantino rejasi sababli mojaro kuchaydi

FIFА AQSH sudiga kiritgan hujjatida UEFA‘ni Janni Infantino va tashkilot rahbariyatiga qarshi “tuhmat kampaniyasi” olib borishda aybladi.

custom img

J.D. Vens AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaroni “urush” deb hisoblamasligini aytdi

AQSh vitse-prezidentining aytishicha, hozir AQSh va Eron o‘rtasida faol otishmalar olib borilmayapti.

custom img

Tarixda ilk bor 65 yoshdan oshganlar soni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan oshib ketdi

Tug‘ilish darajasining pasayishi va umr ko‘rish davomiyligining oshishi dunyo demografik muvozanatini o‘zgartirmoqda.

custom img

Istanbulda ombor yondi: quyuq tutun shahar osmonini qopladi

Istanbulning Tuzla tumanidagi charm sanoati majmuasida joylashgan logistika omborida yong‘in chiqdi. Yong‘in qisqa vaqt ichida kuchayib, atrofdagi hududlarga ham tarqalgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"