O'zbekiston

Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoq bo‘yida turistik markaz qurmoqchi

Emin Agalarov Prezident Shavkat Mirziyoyevga "Sea Breeze Uzbekistan" xalqaro turizm markazi barpo etish loyihasini tanishtirdi.

Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoq bo‘yida turistik markaz qurmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida qurilishi mo‘ljallangan xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

So‘nggi yillarda Bo‘stonliqda ko‘plab yangi majmualar barpo etildi. Shuningdek, Amirsoy, "Beldirsoy — Chimyon — Nanay" kurorti kabi loyihalar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi besh yilda 2 trillion so‘mdan ziyod investitsiya kiritilib, 13 mingdan ziyod o‘ringa ega 59 ta yangi turizm inshooti ishga tushirildi.

 

 

"Bunday natijalar chet ellik investorlarni o‘ziga tortmoqda, yana-da katta miqyosdagi loyihalarga yo‘l ochmoqda. Jumladan, Ozarboyjonlik ishbilarmon Emin Agalarov bir qator yirik xorijiy kompaniyalar bilan sheriklikda Chorvoq suv ombori bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turizm markazi barpo etish istagini bildirmoqda", — deyiladi xabarda.

 

 

Loyihaga ko‘ra, unda dam olish, cho‘milish va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar bo‘ladi. Xalqaro brendlarning do‘konlari, restoran va xizmat shoxobchalari ochiladi. Turli festivallar, konsertlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Kelajakda o‘ziga xos turizm xabiga aylanib, unda yil davomida dam olish va yashash mumkin bo‘ladi.

 

Davlat rahbari bu taklifni maʼqullab, uni xalqaro tajriba asosida loyihalashtirish va bosqichma-bosqich qurish zarurligini taʼkidladi. Bosh vazir boshchiligida komissiya tuzib, loyihaning huquqiy asosini yaratish, infratuzilma masalalarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoq bo‘yida turistik markaz qurmoqchi | Zamon.uz