O'zbekiston

Farmasevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri bilan tanishdi.

Farmasevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini borib ko‘rdi. Mazkur majmua davlatimiz rahbarining 2020 yil 28 yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan, o‘sha yili 17 aprelda uning qurilishiga tamal toshi qo‘yilgandi. Birinchi bosqichda qariyb 20 gektar maydonda texnopark barpo etilmoqda. U ma’muriy markaz, tadqiqot va rivojlanish markazi (R&D), farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmasevtika texnik universiteti hamda vivariyni o‘z ichiga oladi.

 

 

Bugungi kunda ma’muriy markaz qurib bitkazilgan. 11 qavatli ushbu binoda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, konferensiya zali, kovorking markazi, biznes inkubator, kutubxona, soha tarixi muzeyi joylashgan. Davlatimiz rahbari ushbu markazni va navbatdagi inshootlar qurilishini ko‘zdan kechirdi.

 

Klasterdan asosiy maqsad yuqori texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatimiz farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro innovasion tizimga integratsiyalashish, yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarish, malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu keng ko‘lamli maqsadlardan kelib chiqib, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan 190 gektar yer maydoni ajratilgan. Hozirgi kunda bu yerdagi sanoat zonasida umumiy qiymati 818 million dollarlik 21 ta loyiha joylashtirilgan. Ularning birinchisi – “Grand Pharm Logistics Hub” tomonidan 40 million dollarlik distribyutorlik markazi ishga tushirildi va 300 ta ish o‘rni yaratildi. Korxonalar Turkiya, Hindiston, Xitoy, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

 

 

 

Prezidentimiz ushbu loyihalar tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Investisiyalarni jalb etish va qo‘llab-quvvatlash izchil davom ettirilishini ta’kidladi. Kelgusida sanoat zonasida yana 620 million dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

 

Umuman, klasterda yuqori sifatli dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi, import bo‘layotgan mahsulotlar mahalliylashtiriladi, 8 ming ish o‘rni yaratiladi. Zarur amaliyotlar markazi (GxP) tovarlarning tayyorlanishidan iste’molchiga yetib borishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda xalqaro standartlarga muvofiqlik va sifatni ta’minlashga ko‘maklashadi. Davlatimiz rahbariga shu yerda barpo etiladigan Farmasevtika texnik universiteti haqida axborot berildi.

 

 

Unda farmakopeya markazi, kutubxona, sport majmuasi, o‘qituvchilar va chet ellik xodimlar uchun turar joy bo‘ladi. Sanoat farmatsiyasi, biokimyo va biotibbiyot, biotexnologiya, biofarmasevtika, bioinformatika kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Buning uchun ta’lim xalqaro dasturlar asosida yo‘lga qo‘yiladi, mikrobiologiya, biotexnologiya, xujayra biologiyasi, farmakologiya, tahliliy kimyo kabi laboratoriyalar tashkil etiladi. Universitetga joriy o‘quv yilida ilk talabalar qabul qilindi. Prezident ular bilan muloqotda bo‘ldi.

 

– Biz rivojlangan davlatlardan investorlar olib kelyapmiz. Ular O‘zbekistonga qanday qilib baho beradi? Sizlar bilan muloqot qilib. Mamlakatimizning boyligi – yoshlar! Farmasevtika bo‘yicha ham eng yaxshi dasturlarni qo‘llab, kelajak uchun mutaxassislarni tayyorlab olmasak, boshqalarga pul to‘laymiz, bog‘liq bo‘lib qolamiz. Shuning uchun zamonaviy universitet tashkil qilib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yyapmiz. Bu yerda ham bilim olasizlar, ham o‘qiganlaringizni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lasiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Mazkur o‘quv yurti bitiruvchilariga Koreya Respublikasining Yonse, Buyuk Britaniyaning Sanderlend va De Montfort universitetlarining xalqaro miqyosda tan olinadigan diplomlari beriladi. Shuningdek, Dandi, Pusan va Purdyu universitetlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

custom img

Toshkentda raqamli odil sudlov va inson huquqlari masalalari muhokama qilindi

Poytaxtda “Raqamli odil sudlov va adolatli sud muhokamasi huquqi: texnologik transformatsiya davrida inson huquqlari” mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

custom img

O‘zbekistonda eski avtomobillarni utilizatsiyaga topshirmaganlar jarima to‘laydi

Ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan avtomobillar egalaridan bozor narxida xarid qilinib, utilizatsiyaga yuboriladi.

custom img

Migratsiya agentligi rahbari "Koreya ishi" ga aloqadormi?

Migratsiya agentligi tarmoqlarda agentlik rahbariga oid tarqalgan audio va video xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

“Boʻyim uzun emas, ammo kerakli joyda boʻlishni bilaman” — Abbosbek Fayzullayev

Futbolchi Kolumbiya darvozasiga urgan goli haqida gapirib, oʻzini tarixga kirgan baxtli inson deb his qilishini aytdi.

custom img

Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi

“Oqtepa” suv ombori hududidagi noyob bioxilma-xillik maskani davlat himoyasiga olinadi.

custom img

Namanganda qalbaki 100 ming dollarni 40 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

Qalbaki valyutalar xorijda tayyorlanib, aylanma yo‘llar orqali mamlakat hududiga olib kirilgan.

custom img

Andijonda qo‘shnisining farzandini urgan erkak ushlandi

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ V Toshkent xalqaro investitsiya forumida yirik xalqaro hamkorlik kelishuvlariga erishdi

“O‘zbekgidroenergo” AJ forum doirasida AQSH, Xitoy, Hindiston va Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"