O'zbekiston

Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

Laron sindromi — kam uchraydigan genetik kasallik. Bunda o‘sish gormoni retseptor-oqsilining tuzilishi buzilgan bo‘ladi. Oqibatda tana to‘qimalari gormonga javob bermay qo‘yadi va bolaning bo‘yi tengdoshlariga qaraganda ancha sekin o‘sadi.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, dunyoda Laron sindromi bilan og‘rigan 500 nafardan ortiq odam yashaydi va ularning hammasi ham davolanmagan. Bemorlarning aksariyat qismi (100 nafardan ortiq kishi) Ekvador janubida ro‘yxatga olingan.

 

Odatda bola tug‘ilganida vazni va bo‘yi normal bo‘ladi, lekin juda tez o‘sishdan ortda qola boshlaydi. Alomatlar hayotining birinchi yilidayoq ko‘zga tashlanadi. Bo‘y o‘sishi sekinlashishidan tashqari, ko‘pincha motorika rivojlanishida ham kechikish yuzaga keladi. Aql-idrokida nuqson bo‘lmaydi.

 

Agar bemor davolanmasa, bu kasallik tufayli pakanaligi bo‘lgan erkaklarning bo‘y uzunligi taxminan 140 sm, ayollarniki esa 120 sm bo‘ladi.

 

Kasallikning boshqa alomatlari — semizlik, mushak zaifligi, gipoglikemiya, balog‘atga yetishning kechikishi, tishlar nosog‘lomligi, sochlar esa siyrak va mo‘rt bo‘lishidir.

 

Laron sindromi bo‘lgan odamlarning umr ko‘rish davomiyligi deyarli sog‘lom odamlarnikidan farq qilmaydi.

 

Bu kasallikka duchor bo‘lgan odamlarda ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi, ammo II tur diabet va o‘smalarning rivojlanish xavfi sezilarli darajada kam bo‘ladi.

 

Kasallik somatotropin va alohida qon tahlillari hamda genetik testlar yordamida tashxislanadi.

 

Davolashning yagona usuli — maxsus preparatni organizmga muntazam ravishda yuborish. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu bolaning o‘sish tezligi yiliga taxminan 8 sm bo‘lishini taʼminlaydi. Ammo, afsuski, bunday bemorlarni to‘liq davolay oladigan usul hali mavjud emas. Ammo olimlar gen terapiyasini ishlab chiqish ustida izlanishlar olib bormoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.