O'zbekiston

Prezident investitsiya sohasidagi rejalar bilan tanishdi

Kelgusi yil 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Prezident investitsiya sohasidagi rejalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni investitsiya bo‘yicha 2024 yildagi natijalar sarhisobi va kelgusi yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

2017 yildan buyon mamlakatimiz iqtisodiyotiga barcha manbalar hisobidan 188 milliard dollar investitsiya kiritilgan. Shundan 87 milliard dollari chetdan jalb qilingan. Natijada investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 30 foizdan oshib, barqaror iqtisodiy o‘sishga zamin bo‘layapti.

 

Bu yil iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,3 baravar ko‘payib, 36 milliard dollardan oshdi. Bularning hisobiga yil boshidan buyon qo‘shimcha 70 trillion so‘mlik qiymat beradigan 560 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirildi. Kelasi yildan eksportni yana 1 milliard dollarga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

 

Soha va hududlarda ochilayotgan imkoniyatlar bilan bu natijalarni yana-da oshirsa bo‘ladi.

 

Yig‘ilishda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 2025 yilgi rejalar to‘g‘risida axborot berdi. 

 

Kelgusi yil 43 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu orqali 300 dan ortiq yirik loyiha bajarilishi, import o‘rnini bosuvchi 662 ta yangi mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda. 

 

Davlatimiz rahbari buning uchun xorijiy investorlar bilan manzilli ishlab, yana-da qulayliklar yaratish, erishilgan barcha kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirish zarurligini taʼkidladi.

 

Shuningdek, bugungi kunda 1 ming 890 ta loyiha bo‘yicha ish ketmoqda. Ularning ijrosini jadallashtirish uchun masʼullar belgilandi.

 

Yig‘ilishda tashqi savdo masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

 

Jahonda kuzatilayotgan murakkab vaziyatda bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Eksport-logistika zanjirlari qiyinlashayapti, asosiy eksport bozorlarimizda tayyor mahsulot olish kamayyapti.

 

Bunday sharoitda ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilib, iqtisodiy taraqqiyot surʼatlarini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

 

2030 yilgacha mamlakatimizning yillik eksport hajmini 2 barobar oshirib,  45 milliard dollarga olib chiqish maqsadi belgilangan. Bu rejadagi investitsiyaviy loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirib, yuqori qiymatli mahsulot va xizmatlarni ko‘paytirishni, eksport geografiyasini kengaytirishni talab etadi.

 

Mutasaddilarga rejalar ijrosini doimiy tahlil qilib, ishni joylarda sifatli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident investitsiya sohasidagi rejalar bilan tanishdi | Zamon.uz