O'zbekiston

Prezident Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markaziga tashrif buyurdi

Ushbu logistika markazi 10 gektar maydonda joylashgan: uch qavatli maʼmuriy bino, omborlar, mehmonxona, oshxona va yotoqxona qurilgan.

Prezident Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markaziga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Grand Pharm Logistics Hub faoliyati bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

 

Ushbu logistika markazi Tashkent Pharma Park innovatsion klasteri hududida o‘n gektar maydonda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lib, uch qavatli maʼmuriy bino, omborlar, mehmonxona, oshxona va yotoqxona qurilgan. 300 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

 

 

Mahsulotlarni saqlash joyi 50 ming kvadrat metr. Bu yerda katta hajmdagi farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida qabul qilish, saqlash va tarqatish imkoniyati mavjud. Bu bosqichlar to‘liq raqamlashtirilgan.

 

Davlat rahbari ushbu jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.

 

 

Qayd etilishicha, logistika markazi Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteridagi boshqa ishlab chiqaruvchilarga ham qo‘l keladi. Mahsulotlarni saqlash va eksport qilishlarida xalqaro SAP tizimi orqali amaliy yordam beriladi. Buning uchun dori vositalari sifatini taʼminlash bo‘yicha GDP va GSP sertifikatlari hamda bojxona ombori, xalqaro yuklarni tashish uchun litsenziyalar mavjud.  

 

Bu boradagi talablarni taʼminlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq havoni sovitish tizimlari o‘rnatilgan. Yuklarni ortish paytida ham harorat moʻtadilligi taʼminlanadi. Yigirmadan ortiq yuk mashinalarida tashish xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Majmuada bunday transportlar uchun turargoh va texnik xizmat ham tashkil etilgan.

 

 

Bugungi kunda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Fransiya, Vengriya, Ruminiya va Turkiya kabi davlatlar bilan logistik aloqalar o‘rnatilgan. Bu geografiya yildan yilga kengayib bormoqda.

 

Mutasaddilarga mahsulotlarni saqlash va rasmiylashtirishda qulayliklarni oshirish, tannarxni kamaytirib, dorilarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

"Kompaniya farmatsevtika bozorini muntazam o‘rganib, tibbiyot sohasidagi ehtiyojlarni ham tahlil qilib boradi. Natijada yetkazib berish yo‘nalishi ko‘lami kengayib bormoqda. Ushbu korxona mamlakatimiz hududi bo‘ylab 7 ming 500 dan ortiq dorixonaga tovarlar yetkazib beradi. Shuningdek, onlayn dorixona xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi hamkorlar soni ham ortmoqda.

 

Bu yerda GPH Academy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qator oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Uchta taʼlim dargohida amaliy mashg‘ulot xonalari tashkil etildi. Uch ming nafar farmatsevt malaka oshirish kurslaridan o‘tdi. O‘ttiz nafarga yaqin talaba ushbu loyihaning stipendiya va grantlariga ega bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

 

 

 

м

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markaziga tashrif buyurdi | Zamon.uz