Bo‘stonliqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu baxtsiz hodisa joriy yilning 19 dekabr kuni Bo‘stonliq tumani “Fazogir” MFY Fazogir ko‘chasidagi xonadonda sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, 1981 yilda tug‘ilgan erkak S.p. va 1989 yilda tug‘ilgan ayoli S.N., shuningdek, 2016 yilda tug‘ilgan farzandi M.B. yashash xonadonida vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, S.N.ning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







