Qoraqalpog‘istonda ota birdaniga 129 mln aliment to‘ladi
Ijro hujjatiga ko‘ra, ota 2 farzandiga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan.

Byuroning Tuproqqalʼa tumani bo‘limi ish yurituviga sudning buyrug‘iga asosan qarzdor otadan undiruvchi ona foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan ota ikki nafar farzandlarining moddiy taʼminoti uchun ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan.
Shunga ko‘ra, qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan, voyaga yetmagan ikki nafar farzandlar to ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun 129,8 mln. so‘m miqdorida aliment pullari undirilib berilishi taʼminlandi.







