O'zbekiston

O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz tartib joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Xitoyning Hongkong maxsus maʼmuriy hududi hukumatining Pekindagi vakolatxonasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz tartib joriy etilishi mumkin

Vakolatxonaning Immigratsiya ishlari bo‘yicha rahbari Vong Vey-ki Ksariyer bilan konsullik – huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar, Hongkong maxsus maʼmuriy hududida mavjud migratsiya qoidalari, xususan ikki tomonlama sayyohlik almashinuvini rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

 

Muzokaralar chog‘ida, shuningdek, Hongkong maxsus maʼmuriy hududining viza siyosati, tomonlar fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasidagi sohaga oid meʼyoriy-huquqiy bazani kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekistonda xitoyliklar, shu jumladan, Xitoyning maxsus maʼmuriy hududlari – Hongkong va Makao fuqarolari uchun 10 kungacha vizasiz rejim amal qilib kelayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, joriy yil 1 dekabr kuni Chendu shahrida "Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risida"gi bitim imzolanganligi maʼlum qilindi. Hozirda mazkur hujjat kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki huquqiy protseduralaridan o‘tkazilayotgani qayd etildi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolari uchun Hongkong maxsus maʼmuriy hududi bilan viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvga erishishni maqsad qilgani bildirildi.

 

"Hongkong tomoni ham O‘zbekiston bilan barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash, amaliy natijadorlikni oshirish, xususan, o‘zaro fuqarolar almashinuvini kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan birdek manfaatdor", — dedi u.

 

Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Haydovchi e’tiborsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, YTHga uchragan.

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.