O'zbekiston

Boji to‘lanmay olib kirilgan mashina musodara qilindi

U belgilangan muddatda bojxona hududidan olib chiqib ketilmagan.

Boji to‘lanmay olib kirilgan mashina musodara qilindi

O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilgan transport vositasini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik natijasida avtomashina musodara qilindi.

 

Sababi, huquqbuzar D.S. hamda A.D.lar 04 KG davlat belgisi bilan boshlanadigan “Lacetti” rusumli transport vositasini vaqtincha ruxsatnoma tugagandan so‘ng yurtimiz hududidan olib chiqib ketishi kerak bo‘lsa-da, olib chiqmasdan harakatlanib yurgan. Shuningdek, huquqbuzarlar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin o‘ttiz kun ichida uni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqib ketishmagan.

 

Bundan tashqari, huquqbuzarlar o‘tkazib yuborilgan 349 kun muddat ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan 47 939 850 so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovini to‘lamagan.

 

Shunga ko‘ra, D.S. va A.D.larning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 227-16-moddasi 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinib, sud tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi jarima maydonchasida saqlanayotgan “Lacetti” rusumli transport vositasi musodara qilinishi bo‘yicha ijro hujjati Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limiga yuborilgan.

 

Ijro hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida “Lacetti” avtomashinasi 60 938 000 so‘m boshlang‘ich qiymat bilan elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi.

 

Kelgusida sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkaziladi.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Boji to‘lanmay olib kirilgan mashina musodara qilindi | Zamon.uz