O'zbekiston

Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirilmoqda

Bu bo‘yicha Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirilmoqda

Senatning ikkinchi yalpi majlisida “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

 

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.

 

Natijada odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ishlar tizimlashtirilib, ushbu jinoyatdan jabrlanganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

 

O‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali odam savdosi jinoyatini sodir etganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilayotganligi alohida taʼkidlandi.

 

Bundan tashqari, muhokama davomida Qonun bilan odam savdosi jinoyatini homilador ayolga nisbatan sodir etgan shaxslarga  og‘irroq jazo choralarini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilayotganligi qayd etildi.

 

Senatorlar tomonidan mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga, ularga qarshi samarali kurashishga, bunday qilmishlar uchun mutanosib jazo choralari belgilanishiga, qolaversa, bolalar va xotin-qizlar huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilishi qayd etildi.

 

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"