Toshkentda shirinliklar do‘konida yong‘in chiqdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 22 dekabr kuni soat 09:54 da Chilonzor tumanida joylashgan shirinliklar do‘koni tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 09:57 da yetib borib, yong‘in soat 10:01 da qurshab olinib, yong‘in soat 10:04 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.







