Jahon

Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayol jasadi topildi

U tanishinikiga pul topish maqsadida kelganligi aytilmoqda.

Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayol jasadi topildi

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Ma’lum qilinishicha, jasad Olga Berggolts ko‘chasidagi 19-uyning yerto‘lasidagi sumkadan zo‘ravonlik alomatlari bilan topilgan. O‘ldirilgan shaxs 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. U noyabr oyi boshida Sankt-Peterburgga 24 yoshli tanishinikiga pul topish maqsadida kelgan.

 

Ta’kidlanishicha, 9-dekabr kuni kechqurun Sedov ko‘chasidagi 70-uyda joylashgan kvartirada yashayotgan yigit janjal paytida ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin uning jasadini katta sumkaga solgan. So‘ngra Olga Berggolts ko‘chasidagi 19-uyning podvalida tuproq bilan ko‘mib, voqea joyidan qochgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi 10-dekabr kuni Rossiyadan chiqib ketgan va vataniga qaytgan. Gumonlanuvchining o‘zi 9-dekabr kuni vatandoshini o‘ldirgani haqida politsiyaga ariza bilan kelgan. Shuningdek, u jasadni yashirgan aniq manzilni ham ko‘rsatgan. Tergovchilar ekspertiza o‘tkazmoqda.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.