Jahon

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

 

Transmilliy uyushgan jinoyatchilik guruhida ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyadan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasiga tayanib, KazTAG xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayol Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Interpol xodimlari tomonidan Qozog‘istonning Gruziyadagi elchixonasi ko‘magida mamlakatga qaytarilgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u uyushgan jinoiy guruhning boshqa a’zolari bilan birgalikda fohishalik va boshqa jinsiy xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslardan Kyzdar.net saytida akkauntlarini to‘ldirish uchun mablag‘ qabul qilgan. Bu pullar ularning jinsiy xizmatlarini reklama qilish va targ‘ib etishga yo‘naltirilgan.

 

Guruh a’zolari kelib tushgan mablag‘lardan komissiya ushlab qolib, qolgan qismini sayt tashkilotchilariga o‘tkazgan. Shu tariqa noqonuniy qo‘shmachilik sxemasi faoliyati ta’minlangan.

 

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, guruhning ayrim a’zolari allaqachon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Boshqalari, jumladan, mazkur ayol ham jinoiy javobgarlikdan qochib, xalqaro qidiruvga berilgan.

 

Gumonlanuvchi joriy yil iyul oyida Gruziyada qo‘lga olingan va Qozog‘iston Bosh prokuraturasi so‘roviga binoan ekstraditsiya qilingan. Hozirda u sudgacha bo‘lgan tergov doirasida hibsda saqlanmoqda.

 

Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, ayblanayotgan jinoyatlari uchun mol-mulkni musodara qilish bilan birga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.