Endi chiqindidan qarzdorlik 5 kun ichida to‘lanishi kerak
Aks holda elektrga to‘lov qilish cheklanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlariga doir yangi to‘lov mexanizmini joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.
Unga ko‘ra, qarzdor isteʼmolchilarga SMS orqali xabar beriladi va to‘lovni amalga oshirish uchun 5 kun muhlat beriladi.
Agar bu vaqtda qarz to‘lanmasa, elektr energiyasi to‘lovlarini qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatiladi.







