O'zbekiston

Ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar soni ko‘paydi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar ortganini maʼlum qildi.

Ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar soni ko‘paydi

Raqobat qo‘mitasiga ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan yil boshidan buyon 1700 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Ko‘rilgan choralar natijasida 20 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

 

Qayd etilishicha, ushbu holatlar yuzasidan respublikadagi 129 ta quruvchi korxonalarning shartnomalari tahlil qilingan. Ularda quyidagilar aniqlangan:

 

  • 80 foiz shartnomada quruvchi korxonalarga qayta hisob-kitob huquq ustuvorligi berilgan bo‘lsa, atigi 20 foizda har ikkala tarafga mazkur huquqlar belgilangan;

  • 58 foiz shartnomada ko‘rsatilgan umumiy maydon qurilishi yakuni bo‘yicha maydonlar orasida tafovut mavjud bo‘lganda qayta hisob-kitob huquqi belgilanmagan;

  • 37 foiz shartnomalarda xonadon ichida amalga oshiriladigan qurilish ishlari to‘g‘risida majburiyatlar kiritilmagan;

  • 18 foiz shartnomalarda quruvchi va isteʼmolchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida bandlar kiritilmagan;

  • 39 foiz shartnomalarda qurilish obyektining topshirish muddati ko‘rsatilmagan;

  • 51 foiz shartnomalarda qurilish topshirilishining har bir kechikkan kuni uchun quruvchi tomonidan to‘lanadigan penya belgilanmagan;

  • 86 foiz shartnomalarda quruvchi va isteʼmolchi tomonidan shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqi belgilangan, (shundan, 41 foizida shartnomani har ikkala tomonning manfaatlari ko‘zlangan bo‘lsa, 59 foizida faqatgina quruvchi korxonaning manfaatlari ko‘zda tutilgan) 14 foizida esa shartnomani bekor qilish to‘g‘risida band kiritilmagan.

 

Bundan tashqari, shartnoma tuzilgandan so‘ng dastlabki to‘lov muddati 30 kundan oshmasligi qayd etilgan bo‘lsa, 74 foiz holatda shartnoma bir tomonlama bekor bo‘lganda xaridorga to‘lovni qaytarish muddati 30−180 kun va ayrimlarida esa 24 oydan 36 oygacha etib belgilangan.

 

84 foiz shartnomalarda esa xonadon xaridor tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng quruvchi tomonidan unga kafolat muddati belgilanmagan. Yaʼni kafolat muddati davomida xonadonda nuqsonlar aniqlansa, quruvchi tomonidan bartaraf etish majburiyati 82 foiz holatda belgilanmagan.

 

«Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasiga muvofiq isteʼmolchilar:

 

  • tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq maʼlumot olish;

  • tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;

  • tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;

  • hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning to‘liq hajmda qoplanishini talab qilish huquqiga ega ekanligi belgilab berilgan.

 

Qo‘mita isteʼmolchilardan uy-joy joy sotib olishda quyidagilarga eʼtibor berishlarini so‘radi:

 

  • shartnoma shartlarini batafsil o‘qib chiqing;

  • asosiy jihatlar (qurilish muddatlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi, qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, muddatlar uchun javobgarlik hisobga olinganini tekshirish);

  • kompaniyaning ish tajribasi va quruvchining ishonchliligiga ishonch hosil qiling (elektron ro‘yxat va qurilishda «Shaffof tizim» mavjudligini ochiq manbalardan tekshirish mumkin);

  • to‘lovlarni faqat bank hisoblagichlari orqali amalga oshiring.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar soni ko‘paydi | Zamon.uz