O'zbekiston

O‘zbekistonga xususiy shifoxonalar soni 9 mingdan ortdi

Ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi.

O‘zbekistonga xususiy shifoxonalar soni 9 mingdan ortdi

Bugun sog‘liqni saqlash tizimida kechayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, bu orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini yana-da oshirishga qaratilgan.

 

Xususan, so‘nggi sakkiz yil davomida tibbiyot yo‘nalishida xususiy sektor ulushini oshirish, nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.

 

Natijada 2017 yilda xususiy shifoxonalar soni qariyb 3,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 9 mingdan ortdi.

 

Tibbiyotning nodavlat sektorida ixtisoslik turlari 50 tadan 225 taga oshdi. Shuningdek, xususiy shifoxonalarning tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha litsenziya olishiga imkon yaratildi.

 

3 700 dan ko‘proq mavjud nodavlat klinikalar yangi tibbiy ixtisoslik hisobiga o‘z faoliyatlarini kengaytirdi.

 

Taʼkidlash lozimki, ayni paytda yurtimizdagi barcha tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan o‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Yaʼni so‘nggi yillarda nodavlat tibbiyot klinikalarida statsionar shifo o‘rinlari soni sezilarli darajada ortib, 2024 yilda 42 750 ga yaqinlashdi.

 

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarining barchasida ambulator, 1530 dan ortig‘ida statsionar xizmatlari tashkil etilib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi.

 

Albatta, bunday ijobiy o‘zgarishlar tufayli bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizga yetdi.

 

Jumladan, laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LORning 70 foizi va stomatologik tashxis hamda muolajalarning 91 foizi aynan xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti.

 

➡️ Yaqin kelajakda mazkur yo‘nalishda yangi nodavlat tibbiyot muassasalarini tashkil etishda xalqaro standartlarni joriy etish;

 

➡️ xususiy sektorda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, “xavfsiz tibbiyot” prinsipini amaliyotga tatbiq qilish;

 

➡️ tibbiy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda sohada sifat ko‘rsatkichlarini yana-da oshirish ko‘zda tutilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonga xususiy shifoxonalar soni 9 mingdan ortdi | Zamon.uz