Isroilda favqulodda holat yana uzaytirildi
Parlament bu bo‘yicha qaror qabul qildi.

Isroil parlamenti mamlakatdagi favqulodda holatni yana bir yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
"2025-yilning 25-dekabrigacha amal qiluvchi favqulodda holat mamlakat hukumatiga favqulodda farmonlar, xususan, milliy qonunchilikdan ustun bo‘lgan qoidalarni chiqarish imkonini beradi", deyiladi rasmiy xabarda.
Maʼlumot uchun, Isroil Knesseti (parlament) mamlakatdagi favqulodda holat muddatini oxirgi marta shu yilning may oyida olti oy muddatga uzaytirgan edi.







