O'zbekiston

Bu yil O‘zbekistonda 226 mln tup ko‘chat ekildi

Shuningdek, 260 ta “yashil bog‘lar” barpo etildi.

Bu yil O‘zbekistonda 226 mln tup ko‘chat ekildi

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Ushbu loyiha doirasida 2024 yil davomida respublikamiz hududlarida 226,6 mln tup ko‘chat ekildi. Jumladan, Farg‘ona viloyatida 18,2 mln, Toshkent shahrida 1,1 mln, Samarqand viloyatida 11,6 mln, Andijon viloyatida 17,5 mln, Xorazm viloyatida 17,3 mln, Toshkent viloyatida 18,2 mln, Namangan viloyatida 17,7 mln, Sirdaryo viloyatida 15,5 mln, Buxoro viloyatida 17,8 mln, Qashqadaryo viloyatida 18,8 mln, Navoiy viloyatida 15,7 mln, Jizzax viloyatida 17,2 mln, Surxondaryo viloyatida 17,3 mln hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 14,7 mln tup ko‘chatlar ekildi.

 

 

Hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chat turlarini tizimli yetkazilishi uchun 1 622 ta ko‘chat savdo yarmarkasi hamda ko‘chatlarni agrotexnik talablarga mos ravishda ekish va ularni parvarishlash bo‘yicha 1 890 ta amaliy seminar tashkil qilindi.

 

Ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish maqsadida hududlarda 490 ta suv chiqarish qudug‘i va 3 486 km uzunlikda sug‘orish tizimlari tashkil etildi. Sug‘orish manbasi mavjud bo‘lmagan hududlarga 1 975 ta maxsus texnika biriktirildi.

 

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, jumladan sog‘liqni saqlash muassasalariga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,2 mln tup daraxt ko‘chatlari beg‘araz yordam tariqasida yetkazib berildi.

 

Mahalliy hokimliklar, vazirliklar va idoralar tomonidan 260 ta “yashil bog‘lar” barpo etilib, ularning jami soni 444 taga yetkazildi.

 

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali 789 ta “Mening bog‘im” tashabbuskor loyihalari kiritilib, shundan 215 tasi g‘olib deb topildi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida aholi tashabbuslari asosida g‘olib deb topilgan 215 ta loyiha bo‘yicha 142 ta “yashil bog‘lar” hamda 73 ta “yashil jamoat parklari” barpo etish yuzasidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bu yil O‘zbekistonda 226 mln tup ko‘chat ekildi | Zamon.uz