O'zbekiston

Toshkentning bosh rejasi tasdiqlandi

U 2045 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan.

Toshkentning bosh rejasi tasdiqlandi

Hujjatga ko‘ra, Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq maʼlumot sifatida joylashtiriladi.

 

Har qanday qurilish ishlarini amalga oshirish Bosh reja asosida belgilangan tartibda ushbu hududning master-rejasi, batafsil rejalashtirish loyihasi yoki qurilish loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan holda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Bosh rejaning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining hisoboti har chorakning yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida eshitib boriladi.

 

Hujjatga ilova qilingan Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarida qayd etilishicha, ushbu hujjat aholi ehtiyojlari, ekologik zonalarni va madaniy merosni himoya qilishni inobatga olgan holda shaharni muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan. Bosh reja infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport tarmoqlarini rivojlantirish va yashil maydonlarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu shaharning barqaror rivojlanishini taʼminlaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentning bosh rejasi tasdiqlandi | Zamon.uz