Alimentdan qarzdor ota “dacha”dan topildi
U 2,5 yil davomida qidiruvda bo‘lgan.

Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro R.Yu. aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, doimiy ravishda yashash manzilini o‘zgartirib, yashirinib yurgan. Shu sababli unga nisbatan 2022 yilda qidiruv eʼlon qilingan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor 2024 yilning dekabr oyida Karmana tumani Yubiley dala hovlilari jamiyatidan ushlab kelinib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Shuningdek, qarzdorga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq qo‘llanilgan.







