Andijonda 5 kishi konyakdan zaharlanib vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

22-26 dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro konyak isteʼmol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.







