Salomatlik

Bayram kunlari aksariyat odamlar 3 kilogacha semiradi

Mutaxassislar to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Bayram kunlari aksariyat odamlar 3 kilogacha semiradi

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab bayram kunlari aksariyat odamlarning vazni 1,5 dan 3 kilogrammgacha ortadi. Ortiqcha ovqatlanish semizlikka, u esa, o‘z navbatida, metabolizm sekinlashishi, yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.

 

Bu holatlarning oldini olish, sog‘liqqa zarar yetkazmasdan taomlanish juda muhim. Bunda quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratgan holda nazoratni yo‘qotmaslikka erishish mumkin.

 

Televizor oldida ovqatlanmang. Britaniyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ovqatlanayotganda gajetdan foydalangan yoki televizor ko‘rayotgan odam diqqatini faqat taomlanishga qaratgan insonga qaraganda 20 foizga ko‘proq taom yeb qo‘yishini isbotlagan.

 

Zerikkaningizdan taomlanmang. Maʼlumki, hissiy va jismoniy ochlik turlari bo‘ladi, ularni farqlash muhim. Shunchaki nimadir yegingiz kelayaptimi yoki haqiqatan ochmisiz? Buni bilish uchun gastroenterologlar boshqa mashg‘ulot bilan chalg‘ishni maslahat beradi.

 

Agar bu vaqtda siz hali ham haqiqiy jismoniy ochlikni his qilsangiz (oshqozoningizda yengil og‘riq paydo bo‘lib, qurillasa), organizmingiz haqiqatan ham ovqatlanishni talab qilayotgan bo‘ladi. Ammo chalg‘ish davomida eʼtiboringiz o‘sha mashg‘ulotga to‘liq qaratilib, ovqat haqida unutsangiz, unda istagingiz yanglish (hissiy) bo‘ladi.

 

Bayram dasturxoni atrofiga o‘tirishdan oldin och qolmang. Tabiiyki, juda ochiqqan holda taom to‘la dasturxon atrofiga o‘tirsangiz, istamagan holda ko‘p va ortiqcha yeb qo‘yish xavfi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun oldindan yengil va foydali mahsulotni tanavvul qilib olish yaxshiroq.

 

Tanaffus qiling. Birinchi taomni yeganingizdan so‘ng, o‘rningizdan turing, bir stakan suv ichib oling va do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringiz bilan suhbatlashing. Bu tanaffus to‘qlik hissi kelishiga va ortiqcha taom hamda shirinliklar yeb qo‘ymasligingiz uchun xizmat qiladi.

 

Yetarlicha uxlang. Britaniyalik olimlarning tajribasi shuni ko‘rsatdiki, agar inson 8 soat emas, balki 5-6 soat uxlasa, u kun davomida taxminan 30 foiz ko‘proq kaloriya isteʼmol qiladi. Bu gormonal nomutanosiblik bilan bog‘liq: birinchidan, kam uxlaganda stress gormoni kortizol darajasi oshadi (u qorin bo‘shlig‘ida visseral yog‘larning to‘planishi uchun javobgardir), ikkinchidan, to‘yinganlik va ochlik gormonlari (leptin va grelin) balansi buziladi.

 

Shuning uchun, voqealarga boy bo‘lgan bayram kunlari ham kundalik tartibni saqlashga harakat qiling va uxlash uchun kamida 8 soat ajrating.

 

Bayram kunlari hamma ham tartibli va to‘g‘ri ovqatlanish haqida bosh qotirmaydi. Biroq, har birimiz bunga ongli munosabatda bo‘lsak va taomni mukofot emas, balki energiya manbai sifatida qabul qilsak, semirish va surunkali kasalliklardan uzoq bo‘lamiz.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"