Jahon

Germaniya Suriyani tiklash uchun 60 mln yevro ajratmoqchi

Bu mablag‘ bevosita Suriya hukumatiga yo‘naltirilmaydi.

Germaniya Suriyani tiklash uchun 60 mln yevro ajratmoqchi

Germaniya hukumati Suriyaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir nechta loyihalarda ishtirok etadi. Ushbu maqsadlar uchun jami 60 million yevro ajratiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Bu mablag‘ bevosita Suriya hukumatiga yo‘naltirilmaydi. Shulsening aytishicha, Bashar Asad rejimi qulashidan so‘ng Suriyadagi gumanitar vaziyat “fojiali” ahvolga keldi. Mamlakat aholisining 90 foizi qashshoqlikda yashaydi va gumanitar yordamga muhtoj. 2011 yildan beri davom etib kelayotgan fuqarolar urushi davomida mahalliy infratuzilmaning katta qismi vayron bo‘lgan.

 

Berlin ishtirok etadigan Suriyani tiklash loyihalari nodavlat va xalqaro tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Maktablarni taʼmirlash bilan shug‘ullanuvchi BMT Bolalar jamg‘armasiga (YUNISEF) 25 million yevro tushishi kerak. Bundan tashqari, mablag‘lar urushda jarohatlangan bolalarga yordamga yo‘naltiriladi. Mahalliy maktablar ishini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash uchun 6 million yevro ajratiladi.

 

Yana 19 million yevro BMT Taraqqiyot dasturiga (UNDP) yo‘naltiriladi, u boshqa narsalar qatorida majburiy ko‘chirilganlar uchun ishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. BMTning Suriya ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armasi 3 million yevro oladi, qolgan 7 million esa “aholining turli guruhlarini yarashtirish” bilan shug‘ullanuvchi mahalliy nodavlat tashkilotlarga ajratiladi.

 

Shulsening taʼkidlashicha, Berlin ayni paytda Suriyada hokimiyat “Hayʼat Tahrir ash-Shom” (HSH) islomiy guruhiga o‘tishi fonida Suriyada nima bo‘lishini oldindan aytib bera olmaydi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.