Jahon

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

 

AQSh Maxfiy xizmati 5-noyabr kuni kechqurun Oq uy yaqinida prezident Donald Trampga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan Venesuela fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Fox News AQSh Ichki xavfsizlik vazirligiga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Konstitutsiya avenyusida to‘xtab turgan, o‘g‘irlangan deb taxmin qilinayotgan avtomobil ichida bo‘lgan. Maxfiy xizmat agentlari uning shubhali xatti-harakatlariga e’tibor qaratgan.

 

Fox News ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilni ko‘zdan kechirish davomida AR-15 rusumidagi miltiq, ikkita to‘pponcha va ko‘plab o‘q-dorilar topilgan.

 

Telekanal xabarida aytilishicha, gumonlanuvchi 2024-yil mart oyida Texas orqali AQShga noqonuniy kirgan va Chegara patrul xizmati tomonidan qo‘lga olingan. Biroq keyinchalik Bayden ma’muriyati davrida ozod qilingan.

 

Hozirda u AQSh Marshal xizmati hibsxonasida saqlanmoqda.

 

Maxfiy xizmat direktori Shon Kyorran mazkur hodisa himoya ostidagi shaxslarga nisbatan tahdidlar ortib borayotganini ko‘rsatishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, agentlik xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ular poytaxtga yetib kelishidan oldin aniqlash va tahdidlarning oldini olish ustida ishlashda davom etadi.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

Vagonlardan biridagi ventilyatorda qisqa tutashuv yuzaga kelgani yong'inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti uning sha’niga she’r o‘qimoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib, bunday qilmaslikni so‘radi.

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Agar qonunbuzarlik tasdiqlansa, TikTok jarimaga tortilishi mumkin.

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston 21 yoshli fuqarosi Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilinganini bildirdi.

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy ma’muriyat hujum yuzasidan qarama-qarshi ma’lumot bergan.